12:56 / 27.07.2019
2 648

Bugun «Bunyodkor» «Dinamo» maydoniga safar qiladi, «Nasaf» esa «Surxon» bilan bellashadi

Bugun «Bunyodkor» «Dinamo» maydoniga safar qiladi, «Nasaf» esa «Surxon» bilan bellashadi
Bugun, 27 iyul kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 14-turi doirasida 4 ta bellashuv bo‘lib o‘tadi.

Ro‘ziqul Berdiyev qo‘l ostidagi Qarshining «Nasaf» klubi Termizda «Surxon» bilan bahsga kirishadi. Ma’lumot uchun, qarshiliklar avvalgi turda «Surxon» darvozasiga javobsiz 2 ta to‘p kiritgandi (2:0).

Vadim Abramov boshliq Toshkentning «Bunyodkor» klubi Samarqandning «Dinamo» jamoasi maydoniga safar qiladi. Ikkala uchrashuv ham soat 18:00 da boshlanadi.

Qayd etish joiz, «qaldirg‘ochlar» 13-turda samarqandliklardan 2:1 hisobida ustun kelgandi.

Shu kuni «Buxoro» jamoasi «Andijon» mehmoni bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz, Buxoro klubi «Andijon»ni Behruz Shodmonovning goli evaziga mag‘lub etgandi (1:0).

Mirjalol Qosimov boshqaruvidagi Olmaliqning OKMK klubi safarda Bekobodning «Metallurg» jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Ta’kidlash lozim, 13-turdan o‘rin olgan OKMK—«Metallurg» bahsida g‘olib nomi aniqlanmagandi (1:1).

Bugun bo‘lib o‘tadigan o‘yinlarning boshlanish vaqtlari:
1. «Surxon»—«Nasaf» 18:00
2. «Dinamo»—«Bunyodkor» 18:00
3. «Andijon»—«Buxoro» 20:00
4. «Metallurg»—OKMK 20:00

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bugun «Bunyodkor» «Dinamo» maydoniga safar qiladi, «Nasaf» esa «Surxon» bilan bellashadi