23:13 / 27.07.2019
2 664

“Metallurg” o‘zida “AGMK”ni, "Andijon" esa "Buxoro"ni mag‘lubiyatga uchratdi

“Metallurg” o‘zida “AGMK”ni, "Andijon" esa "Buxoro"ni mag‘lubiyatga uchratdi
O‘zbekiston chempionatining 14-turidan o‘rin olgan “Metallurg” – “AGMK” uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Bekobodda bo‘lib o‘tgan bahsda mezbonlarning qo‘li baland keldi.

Uchrashuv teng kurashlar ostida boshlandi, 30-daqiqada Shavkat Mullajonov raqib jarima maydonida yuzaga kelgan tartibsizlikdan foydalanib maydon egalarini oldinga olib chiqdi.

Ikkinchi bo‘lim ancha qiziqarli boshlandi, olmaliqliklar raqib jarima maydoni atrofida bosimni kuchaytirishdi. Bu esa 64-daqiqada o‘z samarasini berdi, Akmal Shorahhmedov tomonidan uzatilgan to‘pni Zafar Polvonov yaqin masofadan darvozaga joylab qo‘ydi.

75-daqiqa o‘tib borayotgan bir vaqtda hakam mehmonlar darvozasi tomon penalti belgilandi, bu esa “AGMK” futbolchilari va murabbiylarini jumbushga keltirdi. Chunki avvlaroq hakam qarama-qarshi tomonga yaqqol penaltini bermagan edi. 11 metrlik jarima zarbasini Bahodir Pardayev aniq bajardi.

Qolgan vaqtda agressiv va keskin kurash bordi, biroq darvozalar boshqa ishg‘ol qilinmadi.
Parallel kechgan bahsda “Andijon” klubi o‘zida “Buxoro”ni yengdi.

“Andijon” – “Buxoro” 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar:
1:0 - 76 Qilichev, 2:0 - 90+3 Bekmurotov.
"Andijon": Ruslan Matniyozov, Jalil Kimsanov, Farhod Bekmuratov, Shahzod Ubaydullayev, Dilshod Rahmatullayev, Sardor Azimov, Ro‘zimboy Ahmedov, Abdurahmon Abdulhaqov, Radosav Aleksich, Abror Xusinov, Bobir Akbarov.
"Buxoro": Rahim Davronov, Mirjalol Jumayev, Salamat Quttiboyev, Asadbek Sobirjonov, Behruz Mo‘minov, Ergash Isroilov, Tohir Shamsutdinov, Andrey Sidorov, Jahongir Abdumo‘minov, Milovan Kapor, Fathullo Fatxullayev.

“Metallurg” – “AGMK” 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar:
1:0 - 30 Mullajonov, 1:1 - 64 Polvonov, 2:1 - 78, penalti Pardayev.
“Metallurg”: Aleksandr Lobanov, Abbos Otaxonov, Suhrob Nurulloyev (Zohid Abdullayev, 66), Islombek Isoqjonov, Bahrom Abdurahimov (Sergey Tumasyan, 90+2), Muzaffar Muzaffarov, Shavkat Mullajonov, Kamoliddin Tojiyev, Stanislav Andreyev, Akbar Ismatullayev, Bahodir Pardayev.
AGMK: Suhrob Sultonov, Dilshod Jo‘rayev, Elguja Grigalashvili, San’at Shihov, Zohir Pirimov (Murodjon Toshmatov, 57), Jasur Hakimov (Zafar Polvonov, 46), Akmal Shorahmedov, Jasur Umarov, Sardor Rahmonov, Bobir Yo‘ldoshev, Vladislav Kasminin.
Ogohlantirishlar: Muzaffarov (80), Pardayev (83)

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Metallurg” o‘zida “AGMK”ni, "Andijon" esa "Buxoro"ni mag‘lubiyatga uchratdi