15:05 / 28.07.2019
2 874

«Real»ning uelslik vingeri Garet Beyl Xitoyga bordi (video)

«Real»ning uelslik vingeri Garet Beyl Xitoyga bordi (video)
«Real»ning uelslik vingeri Garet Beyl Xitoyda bo‘lib turibdi.
30 yoshli futbolchi Xitoyning «Szyansu Sunin» klubi bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi. Tomonlar shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishib bo‘lishgan. Xitoyda Beyl yiliga 22 mln yevro miqdorida maosh oladi.

Garet 2013 yildan buyon «Real» safida to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan mavsumda madridliklar jamoasining barcha turnirlar doirasidagi 42 uchrashuvida maydonga tushib, 14 gol urgan va 7 golga uzatma berga.

«Szyansu Sunin» Xitoy Superligasida oltinchi o‘rinda bormoqda. 19 turdan keyin Kosmin Oleroyu jamoasi 26 ochko jamg‘argan (7 g‘alaba, 5 durang va 7 mag‘lubiyat).
Bundan avvalroq «Szyansu Sunin» braziliyalik himoyachi Joao Mirandani o‘z safiga qo‘shib olgandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Real»ning uelslik vingeri Garet Beyl Xitoyga bordi (video)