22:10 / 30.07.2019
2 243

“Lokomotiv” kamchilik qolgan “Dinamo”ni taslim etdi

“Lokomotiv” kamchilik qolgan “Dinamo”ni taslim etdi
O‘zbekiston chempionatining 15-turidan o‘rin olgan “Lokomotiv” – “Dinamo” uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Toshkentda bo‘lib o‘tgan bahsda maydon egalari g‘alaba qozonishdi.

Uchrashuv o‘rtacha tempda boshlandi, birinchi bo‘limda xavfli vaziyatlar kam bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limni jamoalar faol boshlashdi. 56-daqiqada Temurxo‘ja Abduholiqov mehmonlar darvozasiga belgilangan penaltini aniq bajarib hisobni ochdi.

Shundan keyin samarqandliklar bosimni oshirishdi va raqib darvozasi oldida bir nechta qulay imkoniyatlarga ega bo‘lishdi. 76-daqiqada “Dinamo” futbolchisi Jasur Azimov ikkinchi sariq kartochkasini olib maydondan chetlatildi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Riagner Smit Medina yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Shu tariqa, “Lokomotiv” ochkolarini 31 taga yetkazib oldi va ikkinchi o‘rinda bormoqda. ”Dinamo” (18) 8-pog‘onada qoldi.

Sosa Sola Superliga, 15-tur
"Lokomotiv" – "Dinamo" 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar:
1:0 - 56, penalti Abduholiqov, 2:0 - 90+2 Smit Medina.

“Lokomotiv”: 35. Javohir Ilyosov, 5. Anzur Ismoilov, 6. Oston O‘runov, 7. Aziz Xaydarov, 8. Jamshid Iskanderov (Yovan Jokich, 88), 10. Sardor Mirzayev, 11. Temurxo‘ja Abduholiqov, 20. Islom To‘xtaxo‘jayev, 24. Davron Xoshimov, 71. Arslanmurat Amanov (Ariagner Medina Smit, 70), 77. Diyor Turopov, 88. Igor Yelich.

“Dinamo”: 1.Botirali Ergashev, 2. Mirkomil Loqayev, 4. Hakimxon A’lamxonov (Amirjon Safarov, 62), 6. Hakim Alamxonov, 7. Jasur Azimov, 11. Qadamboy Nurmetov (Sardor Eminov, 74), 16. Bobur Qosimov, 21. Damir Temirov, 24. Jasur O‘rinov, 27. Ixtiyor Toshpo‘latov, 34. Shoxruh Abdurahmonov.

Ogohlantirishlar: Amanov (4), Azimov (68), Abduholiqov (68), Azimov (76)
Chetlatish: Azimov (76).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Lokomotiv” kamchilik qolgan “Dinamo”ni taslim etdi