23:10 / 30.07.2019
2 695

Shota Arveladze: "Ajoyib maydon uchun "Qizilqum"ga tashakkur bildiraman"

Shota Arveladze: "Ajoyib maydon uchun "Qizilqum"ga tashakkur bildiraman"
“Qizilqum” – “Paxtakor” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Shota Arveladze ishtirok etdi.
- Ajoyib maydon uchun mezbonlarga tashakkur bildiraman. Muxlislarga ham rahmat, kimdir yaxshi o‘ynaganda olqishlab qo‘yish barchani xursand qiladi.

Birinchi bo‘lim boshida tezkor ikki gol urdik. Bo‘lim oxirida esa hushyorlikni yo‘qotdik va mezbonlarda xavfli vaziyatlar yuzaga keldi. Uchinchi to‘pni kiritganimizdan keyin o‘yinni boshqarib, to‘pni nazorat qilishga intildik. Bunday havoda bu ancha qulay.

Raqibni jiddiy o‘rgangandik. Ular o‘tgan turda Namanganda juda yaxshi o‘ynab, g‘alaba qozonishgandi. "Qizilqum"ga keyingi uchrashuvlarda omad tilayman.

Manba: "Paxtakor" matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shota Arveladze: "Ajoyib maydon uchun "Qizilqum"ga tashakkur bildiraman"