23:33 / 30.07.2019
3 018

Hasanboy Do‘smatov ham AQShga yo‘l olmoqda

Hasanboy Do‘smatov ham AQShga yo‘l olmoqda
Boks bo‘yicha Rio Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘smatov ham AQShga yo‘l olmoqda. Bu haqida O‘zbekiston professional boks federatsiyasi rahbariyatidan Sardor Toshxo‘jayev o‘zining instagramdagi sahifasida ma’lum qildi.

Aytilishicha, Do‘smatov Amerikaga o‘z boksi bilan mahorat darsi ko‘rsatish uchun ketmoqda. Biroq qachon va qayerda bunday bo‘lishi bo‘yicha aniqlik kiritilmagan.

Xulosa qilish mumkinki, Hasanboy okean ortiga professional boksda o‘zini sinab ko‘rishi yoki umumiy jismoniy tayyorgarlikni yaxshilash niyatida. Agar bokschimiz AQShda uzoq muddat qoladigan bo‘lsa, sentyabr oyida Rossiyaning Yekaterinburg shahri mezbonlik qiladigan jahon chempionatida ishtirok etmasligi ham mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Hasanboy Do‘smatov ham AQShga yo‘l olmoqda