19:07 / 31.07.2019
2 954

Davron Fayziyev: Raqibdan ko‘proq hujum qilib, alamli mag‘lubiyatga uchradik...

Davron Fayziyev: Raqibdan ko‘proq hujum qilib, alamli mag‘lubiyatga uchradik...
Kecha Superliganing 15-turidan o‘rin olgan “Lokomotiv” – “Dinamo” (2:0) uchrashuvidan keyin samarqandliklar bosh murabbiyi Davron Fayziyev o‘zining o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Bugun alamli mag‘lubiyatga uchradik. Vaziyatlardan foydalana olmadik. "Lokomotiv"dan qo‘rqib o‘ynaganimiz yo‘q. Menimcha yaratilgan vaziyatlar borasida biz raqibdan ustunroq bo‘ldik ham. Ikkinchi bo‘limning o‘zini olsak, "Lokomotiv"dan ko‘ra ko‘proq hujum qildik. Agarda biz vaziyatlarimizdan foydalanganimizda o‘yin taqdiri boshqacharoq kechardi. Ammo mag‘lubiyatni tan olish - mardlarning ishi. Har bir murabbiyning o‘yinlarda o‘ziga hos e’tirozlari bo‘ladi. 1:0 va 2:0 ning farqi yo‘q.

Yigitlarga so‘nggi daqiqalarda bosim qilishini talab qildim. Balki gol urib, hisobni tenglashtirishimiz mumkin ham edi. Yigitlar o‘tgan o‘yinga qaraganda yaxshiroq o‘yin ko‘rsatishdi. Agarda "Bunyodkor"ga qarshi o‘yinda ham shunday ishtiyoq bilan o‘ynashganida natija boshqacharoq bo‘lardi. "Bunyodkor" va "Lokomotiv" mamlakatimizning eng nomdor jamoalaridan biri. Yigitlarda hayajon bo‘lishi tabiiy. Ishlashda davom etamiz.

- Birinchi davrada jamoa "Lokomotiv"ni yutgandi. Bugungi o‘yindagi mag‘lubiyatning sababi nimada deb o‘ylaysiz?
- "Lokomotiv" Samarqandda bundan-da yaxshiroq o‘ynagandi. Balki bugun "Loko" g‘alabaga qattiq ishonishgani sababli shunday o‘yin ko‘rsatishgandir. O‘shandagi o‘yinda esa ular menda yaxshiroq taasurotlar qoldirishgandi. Yigitlarga o‘yin Toshkentda bo‘lishi ta’sir o‘tkazgandi. Ammo hech kim xatodan kafolatlanmagan.

- “Dinamo” Superligada ketma-ket uch o‘yinda mag‘lub bo‘ldi. Bu futbolchilarga ta’sir o‘tkazmaydimi?
- Albatta, ta’sir qiladi. O‘yindan keyin yigitlarga shuni aytib o‘tdim. Ruhiy tushkunlikka tushish kerak emas. Bu futbol, yutgan tomonning raqibi mag‘lub bo‘ladi. Bizda shunday davrlar bo‘ldiki, qatorasiga 7-8 o‘yinda yutqazmadik. Endi biz uydagi o‘yinlarda ko‘proq ochko olishga harakat qilamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Davron Fayziyev: Raqibdan ko‘proq hujum qilib, alamli mag‘lubiyatga uchradik...