22:01 / 31.07.2019
2 518

"Metallurg" Qarshida qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi, "Navbahor" yana ochko yo‘qotdi

"Metallurg" Qarshida qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi, "Navbahor" yana ochko yo‘qotdi
O‘zbekiston chempionatining 15-turidan o‘rin olgan "Nasaf" – "Metallurg" uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Qarshida bo‘lib o‘tgan bahsning 19-daqiqasida Bahrom Abdurahimovning ajoyib to‘p oshirishidan Bahodir Pardayev unumli foydalanib hisobni ochdi. 41-daqiqada Pardayev qanotdan uzatilgan to‘pga ajoyib zarba berib dublini nishonladi.

Ikkinchi bo‘limni maydon egalari faol boshlashdi. 74-daqiqada Oybek Bozorov hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. Shundan keyin qarshiliklar bosimni oshirishdi va raqib darvozasi oldida bir nechta qulay imkoniyatlarga ega bo‘lishdi. Biroq bekobodliklar himoyani mustaxkam saqlay olishdi.

Parallel kechgan bahsda “Buxoro” o‘z maydonida “Navbahor” bilan nursiz durangga imzo chekdi.

Sosa Sola Superliga, 15-tur
"Nasaf" – "Metallurg" 1:2 (0:2, 1:0)
Gollar:
0:1 - 19 Pardayev 19, 0:2 - 41 Pardayev, 1:2 - 74 Bozorov.

"Nasaf": Abduvohid Ne’matov, G‘olib G‘aybullayev, Aziz G‘aniyev, Dilshod Saitov (Islom Rashidxonov, 46), Humoyun Murtozayev, Bobir Abdixoliqov (Oybek Bozorov, 65), Sharof Muhitdinov, Doniyorjon Narzullayev, Sardor Abduraimov, Xurshidbek Muxtorov (Sherzod Nasrullayev, 71), Umarbek Eshmurodov.

"Metallurg": Aleksandr Lobanov, Abbosjon Otaxonov, Suxrob Nurulloyev (Andrey Shipilov, 63), Islombek Isoqjonov, Bahrom Abdurahimov (Server Jeparov, 89), Muzaffar Muzaffarov, Shavkatjon Mullajonov, Kamoliddin Tojiyev, Stanislav Andreyev, Akbar Ismatullayev, Bahodir Pardayev.
Ogohlantirishlar: G‘aybullayev (50), Lobanov (86), Muhitdinov (90).

"Buxoro" – "Navbahor" 0:0 (0:0, 0:0)
“Buxoro”:
35.Rahimjon Davronov,5.Bobirjon Amanov, 8.Salamat Qutiboyev, 9. Asadbek Sobirjonov, 11. Akobir To‘rayev, 14.Sardor Sulaymonov, 23.Behruz Shodmonov, 28.Ergash Ismoilov, 80. Milovan Kapor, 81. Fatxullo Fatxulloyev, 90.Artyom Kulesha.
Zaxira: 46.Xurshid Xo‘jayev, 4.Mirjalol Jumayev, 17.Jamoliddin Ubaydulloyev, 22.Behruz Sadilloyev, 33.Tohirjon Shamsitdinov, 50.Murodbek Bobojonov, 71.Andrey Sidorov, 72.Davronbek Umirov, 87.Anvarjon Jo‘rayev.

“Navbahor”: 1.O‘tkir Yusupov, 7.Azimjon Ahmedov, 9.Ivan Solovyov, 10.Azizbek Turg‘unboyev, 11. Aleksandr Kasyan, 15.Obid Jo‘raboyev,19.Mirzohid G‘ofurov, 22.Igor Golban, 32.Jahongir Mehmonov, 66.Ilhom Alijonov, 99.Amirbek Jo‘raboyev.
Zaxira: 23.Dilshod Hamroyev, 4.Aziz Ibragimov, 8.Shahzod Shaymanov, 34.Komiljon Tojiddinov, 55.G‘iyosjon Komilov, 70.Abbosjon G‘ulomov, 77.Ayubxon Nomanov, 91.Sherzod Hakimov, 95.Nodir Mavlonov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Metallurg" Qarshida qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi, "Navbahor" yana ochko yo‘qotdi