18:30 / 02.08.2019
2 533

Milliy olimpiya qo‘mitasi 100 million so‘mlik tanlov e’lon qildi

Milliy olimpiya qo‘mitasi 100 million so‘mlik tanlov e’lon qildi
Professional va havaskor dizaynerlar diqqatiga!

Kelasi yil shu kuni barchamiz Tokio Olimpiadasini diqqat bilan kuzatib borayotgan bo‘lamiz. Har bir mamlakat vakillari Olimpiya o‘yinlarida o‘ziga xos dizayndagi kiyimlarda, sport ekipirovkalarida ishtirok etishadi.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi sohaga oid qator Vazirlik va idoralar bilan birgalikda havaskor va professional dizaynerlarga milliy ramzlarimiz uyg‘unlashgan sport ekipirovkalarining eskizi bo‘yicha tanlov e’lon qiladi. Bunda istalgan inson o‘z ijodiga mansub chizmalarni [email protected] elektron pochtasiga yuborishi mumkin.

Tanlov yakuni bo‘yicha g‘oliblar tashkiliy qo‘mita tomonidan jami 100 000 000 (yuz million) so‘m miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Shundan:
• Sport ekipirovkalari dizayni uchun 60 000 000 (oltmish million) so‘m;
• Olimpiada ochilish va yopilish marosimlariga rasmiy liboslar dizayni uchun 30 000 000 (o‘ttiz million) so‘m;
• Tokioda sportchilarimizni qo‘llab-quvvatlovchi ishqibozlarga atalgan sport kiyimlari dizayni uchun 10 000 000 (o‘n million) so‘m.

Tanlov 1 sentyabrgacha davom etadi.
Ishtirok etish uchun buyurtma 2019 yil 15 avgustga qadar quyidagi manzilda qabul qilinadi: e-mail: [email protected]
Aloqa uchun telefon: 71-244-41-41
O‘zbekiston sportchilarining xalqaro maydondagi imidjini barchamiz birgalikda shakllantiramiz!

Manba: olympic.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Milliy olimpiya qo‘mitasi 100 million so‘mlik tanlov e’lon qildi