09:10 / 03.08.2019
1 998

"Men qopdagi mushuk emasman, men "Special One" - Mourino o‘zini nima uchun bunday deb atashini aytdi

"Men qopdagi mushuk emasman, men "Special One" - Mourino o‘zini nima uchun bunday deb atashini aytdi
Ko‘pgina mashhur jamoalarning sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino o‘zining xarakteri hamda MYudagi faoliyati haqida gapirdi.
- Nima uchun sizning maydondagi va hayotdagi hususiyatlaringiz bir-biridan farq qiladi?
- Balki, bu mening xatoim. Men juda yopiq insonman. Ishlayotgan vaqtim yolg‘izlikni istayman. Umuman olganda futbol murabbiyi - yolg‘iz inson. U har doim o‘z fikrlari, hayollari va sezgilari bilan bir o‘zi qoladi. Ha, uning yonida doimo yordamchilari, murabbiylar shtabi yordam beradi. Biroq kerakli qarorlarni bosh murabbiyning o‘zi chiqaradi va qabul qiladi.

Balki yopiq insonligim mening aybimdir. Chunki odamlar faqatgina 90 daqiqani ko‘rish uchun kelishadi. Chunki men kameraning oldida ham o‘zimni tuta bilishim kerak. Ko‘chada meni ko‘rib qoladigan insonlar: "Siz juda yosh ko‘rinar ekansiz. Men sizni yanada ozg‘inroq yoki semizroq, bo‘yi balandroq yoki pastroq deb tasavvur qilgandim", deyishadi. Telekameralar esa doimo umumiy holatni o‘zgartirib ko‘rsatadi.

Men qanday bo‘lsam shunday insonman. Men o‘ynamayapman. Men o‘ynayotganlarning o‘yinlarini ko‘rib turaman. Barchasi tabiiy. Men gollarni nishonlamasam, bo‘layotgan hodisalardan mamnun ekanligimni bildiradi. Agarda suvni otib yuborib, yoki tepsam... Barchasini o‘zingiz ko‘rdingiz. Agarda tabassum qilishga majbur etadigan holat bo‘lsa, albatta tabassum qilaman. Menga bu yoqadi.

- Siz MYuda 2016 yilda ish boshlagansiz va 2019 yilgacha tanqidlar ostida qoldingiz.
- O‘sha paytlarda MYu uchun oson davr emasdi. Biz Yevropa ligasi sovrinini qo‘lga kiritdik. Ammo bunga odamlarning munosabati boshqacha bo‘ldi.Chempionatni ikkinchi o‘rinda yakunlaganimizda, bu men uchun katta yutuq kabi ko‘rindi va men o‘zimga: "Yaxshi ishlyapsan, yanada ko‘proq kuchingni ishlatib, xizmatingga yarashasini olishing kerak. Bu esa juda kam", - degandim.

Agarda keyingi jamoamda ish boshlasam, klubning loyihasi juda ulkan bo‘ladi va o‘shanda men matbuot anjumaniga tabassum-la kirib borishga va’da beraman. Hozirda faqatgina shuni va’da qila olaman.

- Nima uchun o‘zingizni "o‘zgacha" deb ataysiz?
- "Chelsi"da ish boshlaganimdagi ilk matbuot anjumanimda menga qarata: "APLda ishlashga tayyormisiz?" deb savol berishgandi. Men o‘shanda ichimda: "Nimaaa? Men hozirgina YeChLni yutdim. Sen hali meni hech kim sifatida ko‘ryapsanmi?", deb hayol qildim.

O‘zimni bo‘shashtirdim va: men qopdagi mushuk emasman (iboraning original varianti «not one from the bottle», ya’ni, "hech kim shisha idishdan tushmagan"), men "o‘zgacha" ("Special One")man. Keyin "BAM". Barcha menga yopishi oldi. Muammo yo‘q.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Men qopdagi mushuk emasman, men "Special One" - Mourino o‘zini nima uchun bunday deb atashini aytdi