12:35 / 03.08.2019
2 263

Messi milliy jamoa o‘yinlaridan 3 oyga chetlatildi

Messi milliy jamoa o‘yinlaridan 3 oyga chetlatildi
«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Argentina milliy jamoasi o‘yinlaridan uzoq muddatga chetlatildi.

AS xabariga ko‘ra, KONMEBOL futbolchini 3 oy muddatga diskvalifikatsiya qildi. Uning muddati 2 avgustdan boshlab hisoblanadi. Natijada Messi 2019 yil noyabr oyining boshigacha Argentina milliy jamoasi o‘yinlarida ishtirok etolmaydi.

Jazo choralari futbolchining Amerika Kubogidagi xatti-harakatlari bilan bog‘liq. Argentina milliy jamoasi bronza medallarini qo‘lga kiritgan, ammo hujumchi taqdirlash marosimida ishtirok etishdan bosh tortgan, shuningdek, jamoasining finalga chiqolmaganiga hakamlar va korrupsiya sabab bo‘lganini aytgan edi.

Dastlab Messi 1,5 ming dollar miqdorida jarimaga tortilib, 1ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilingan edi.

Qayd qilish joizki, Argentina milliy jamoasi yil oxiriga qadar faqat o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazadi. Sentyabr oyida «oq-havoranglilar» Meksika va Chili, oktyabrda Germaniya va Baskoniya viloyati, noyabrda Saudiya Arabistoni va Braziliya bilan bellashadilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Messi milliy jamoa o‘yinlaridan 3 oyga chetlatildi