06:36 / 04.08.2019
2 647

Abror Qodirov va Abdulhay Shorahmatov Rossiyadagi turnirda oltin medalni qo‘lga kiritishdi

Abror Qodirov va Abdulhay Shorahmatov Rossiyadagi turnirda oltin medalni qo‘lga kiritishdi
Rossiya Federatsiyasining Kaspiysk shahrida boks bo‘yicha xalqaro xotira turniri o‘z yakuniga yetdi. Musobaqaning hal qiluvchi bellashuvlarida 5 nafar bokschimiz oltin medal uchun jang qilishdi va ularning 2 nafari turnir chempioniga aylandi. Finalchilarimiz orasida Abror Qodirov hamda Abdulhay Shorahmatov final jangida muvaffaqiyat qozonishdi, deya xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi.

-52 kg: Abror Qodirov - Islamitin Alisoltanov (Rossiya)
-56 kg: Abdulhay Shorahmatov - Gauran Solanki (Hindiston)
-60 kg: Otabek Xolmatov - Jamal Badrutdinov (Rossiya)
-69 kg: Bilolbek Mirzarahimov - Shaxabas Mahmudov (Rossiya)
-75 kg: Saidjamshid Jafarov - Ramazan Saaduyev (Rossiya)

Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi mazkur musobaqada 2 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza, jami 8 ta medal jamg‘ardi. G‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarimiz quyidagilar:

Oltin medal:
Abror Qodirov
Abdulhay Shorahmatov

Kumush medal:
Otabek Xolmatov
Bilolbek Mirzarahimov
Saidjamshid Jafarov

Bronza medali:
Shahobiddin Zoirov
Akmurad Gaffarov
Lazizbek Mullajonov

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abror Qodirov va Abdulhay Shorahmatov Rossiyadagi turnirda oltin medalni qo‘lga kiritishdi