17:53 / 04.08.2019
2 648

O‘zbekiston MTJ sentyabrda Iordaniya bilan o‘ynaydi

O‘zbekiston MTJ sentyabrda Iordaniya bilan o‘ynaydi
Xabaringiz bor, 5 sentyabr kuni JCh-2022 saralash bosqichining ikkinchi raund o‘yinlariga start beriladi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi dastlabki uchrashuvni shu kuni safarda Falastin termasiga qarshi o‘tkazadi. Qur’a jarayonida ikkinchi savatchadan joy olganimiz bois 2-turda dam olamiz. Bu esa 10 sentyabrga to‘g‘ri keladi.

Eshitishimizga qaraganda, 10 sentyabr kuni O‘zbekiston va Iordaniya terma jamoalari o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishadi. Faqat hozircha bu o‘yin bo‘lishi yo bo‘lmasligi, bo‘lgan taqdirda qayerda o‘tkazilishi rasman ma’lum qilinmagan.

Iordaniya terma jamoasi ham qur’adan oldin ikkinchi savatchadan joy olgani bois 10 sentyabr kuni dam oladi. Shuni hisobga olgan holda har ikki terma jamoa o‘zaro kelishib olgan bo‘lishi mumkin. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston MTJ saralash bosqichida Falastin, Yaman, Singapur va Saudiya Arabistoni bilan bitta guruhdan joy olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston MTJ sentyabrda Iordaniya bilan o‘ynaydi