19:18 / 04.08.2019
2 282

Mirjalol Qosimov: "Mash’al" Superligada raqobatbardosh jamoa bo‘lishga qodir"

Mirjalol Qosimov: "Mash’al" Superligada raqobatbardosh jamoa bo‘lishga qodir"
O‘zbekiston Kubogi doirasida AGMK - "Mash’al" (1:0) uchrashuvidan keyin olmaliqliklar ustozi Mirjalol Qosimov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- Kubok bahsi chempionat o‘yinlari bilan farq qiladi. Bunda kutilmagan holatlar ham bo‘lishi mumkin. O‘tgan yili "Mash’al" bilan bahsda ham juda qiyin bo‘lgandi. Haqiqatdan ham, "Mash’al" Superligada raqobatbardosh jamoa bo‘la oladi.

Bizda ham "Mash’al" kabi akademiya bo‘lishi kerak. Negaki, akademiyalari bor klublar "sinib" qolishmaydi. Yosh futbolchilar yillar davomida klubning taktikasiga tezda tushib olishadi. O‘ylaymanki, Olmaliqda ham shunday akademiya barpo qilinadi va bu futbolga ham yaxshi ta’sir o‘tkazadi. Bugun esa qo‘shimcha taymlardagi o‘yin muxlislarga yoqdi deb o‘ylayman.

Yuqorida ta’kidlaganimdek, "Paxtakor", "Bunyodkor", "Mash’al", "Nasaf" kabi akademiyalari bor jamoalarda futbolchilardan muammolar bo‘lmaydi.

Jasur Umarov, Farhod Imomov, Kamron Saidazimov kabi futbolchilarga imkoniyat beryapmiz. O‘ynashsin, ularning o‘rniga maydonda o‘ynab bermaymiz. Ularga imkoniyat beryapmiz. Shunday o‘yinlarda ular o‘zlarini ko‘rsatib, o‘sishlari, rivojlanishlari kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirjalol Qosimov: "Mash’al" Superligada raqobatbardosh jamoa bo‘lishga qodir"