22:55 / 04.08.2019
3 151

Klopp: "Men telefonga qarasam Pep! O‘ylanib qoldim. Bu ajoyib edi"

Klopp: "Men telefonga qarasam Pep! O‘ylanib qoldim. Bu ajoyib edi"
"Liverpul" klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp Chempionlar Ligasi finalidan so‘ng, "Manchester Siti" ustozi Xosep Gvardiola bilan bo‘lgan suhbatini aytib berdi.

"Jamoamiz fizioterapevti Li Noubs oldimga keldi va o‘zining mobil telefonini menga berdi. Men telefonga nazar solar ekanman Pep yozuvini ko‘rdim.

Men o‘yladimki, bu o‘zimizning Pep Linders("Liverpul murabbiylar shtabi a’zosi). Menga bu g‘alati tuyulgandi. Suhbatlashganimdan so‘ng, bildimki bu boshqa Pep!

Bizning muloqotimiz hurmatga to‘la edi. Kim kimga qo‘ng‘iroq qilganini bilmayman. Li Noubs u bilan "Manchester Siti"da birga ishlagan. Lekin bu juda yoqimli suhbat bo‘lgan.

Biz ajoyib mavsum bo‘lganligi haqida gaplashdik, hazillar almashdik. Ikkalamiz yaxshi kayfiyatda edik," - dedi Klopp.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Klopp: "Men telefonga qarasam Pep! O‘ylanib qoldim. Bu ajoyib edi"