21:33 / 04.08.2019
1 706

«Barselona» Firponing transferini e’lon qildi

«Barselona» Firponing transferini e’lon qildi
«Barselona» navbatdagi transferini e’lon qildi. Kataloniya klubi «Betis» himoyachisi Junior Firponi o‘z safiga qo‘shib olganini ma’lum qildi. Klub rasmiy saytining xabar qlishicha, Firpo bilan 5 yillik shartnoma imzolangan.

1996 yilda tug‘ilgan Firpo «Betis» yoshlar jamoasidan chiqqan va o‘tgan mavsumni bosh jamoada o‘tkazgandi. Qanot himoyasida o‘ynovchi va kelib chiqishi dominikanlik bo‘lgan bu futbolchining transferi «Barselona»ga 18 million yevroga tushgani aytilmoqda. Firpo yangi jamoasida 14-raqamda o‘ynaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Barselona» Firponing transferini e’lon qildi