20:56 / 04.08.2019
2 676

Babayan "Surxon"dan uchralgan mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?

Babayan "Surxon"dan uchralgan mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?
O‘zbekiston Kubogi 1/8 finali doirasida "Surxon" maydonida uchralgan mag‘lubiyatdan keyin "temiryo‘lchilar" bosh murabbiyi Samvel Babayan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Birinchi navbatda raqiblarni navbatdagi bosqichga chiqqani bilan tabriklayman. O‘yinga to‘xtaladigan bo‘lsam, bugun tashabbus bizning tomonda bo‘ldi. Ammo himoyada yo‘lga qo‘yilgan qo‘pol xatolardan keyin o‘yinda ikkinchi raqamli bo‘lib ko‘ringan jamoa g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Himoyada xatolarimiz katta ekanligi ko‘rinib turibdi. Bu borada ishlashimiz kerak. Himoya va hujumning bog‘lanishi esa muammo bo‘layapti.

Bugun tarkibda o‘zgarishlar qilishga majbur bo‘ldik. Chap qanot himoyachimiz Oleg Zoteyev jarohatlangandi. Uning o‘rnini markaziy himoyachi Islom To‘xtaxo‘jayev bilan to‘ldirdik. Balki xatolarning bir qismi shu jihat bilan bog‘liqdir. Umumiy olganda esa o‘yin sifatimizda kichik pasayishni ko‘rdim. Shu boisdan xatolarni ko‘rib chiqib, ularni to‘g‘rilash borasida ishlashimiz kerak.

Penalti? Buni muhokama qilish men uchun juda qiyin. Chunki vaziyat men uchun unchalik ko‘rinmadi. To‘g‘risini aytsam, bu hozir muhim ham emas. Himoyadagi xatolarimizni taxlil qilish men uchun muhimroq", - deb Babayanning so‘zlarini keltirib o‘tdi klub matbuot xizmati.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Babayan "Surxon"dan uchralgan mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?