22:08 / 04.08.2019
2 678

O‘zbekiston Kubogi, 1/8 final. “Nasaf” o‘zida “Andijon”ni yirik hisobda yengdi

O‘zbekiston Kubogi, 1/8 final. “Nasaf” o‘zida “Andijon”ni yirik hisobda yengdi
O‘zbekiston Kubogining 1/8 finalidan o‘rin olgan “Nasaf” – “Andijon” uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Qarshida bo‘lib o‘tgan o‘yinda mezbonlar yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Uchrashuvning 20-daqiqasida Aziz G‘aniyev jarima zarbasini qoyilmaqom ijro etib maydon egalarini oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘lim debyutida Humoyun Murtozayev jamoasining ikkinchi golini urgan bo‘lsa, 73-daqiqaga kelib Murtazoyev dublini nishonladi.

Shu tariqa, “Nasaf” ¼ final masalasini hal qilgan so‘nggi jamoaga aylandi.

O‘zbekiston Kubogi, 1/8 final

"Nasaf" – "Andijon" 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar:
1:0 - 20 G‘aniyev, 2:0 - 50 Murtazoyev, 3:0 - 73 Murtazoyev.
"Nasaf": Abduvoxid Ne’matov, G‘olib G‘aybullayev, Aziz G‘aniyev, Dilshod Saitov (Doniyorjon Narzullayev, 79), Humoyun Murtozayev, Sharof Muxitdinov, Sardor Abduraimov (Husniddin Aliqulov, 79), Islom Rashidxonov, Sherzod Nasrullayev, Oybek Bozorov (Bobir Abdixolikov, 71), Umarbek Eshmurodov.
"Andijon": Vitaliy Mirniy, Robbim Hasanov (Abdulloh Olimov, 67), Farhod Bemuratov (Bahtiyor Qosimov, 46), Shahzod Ubaydullayev (Oybek Qilichev, 59), Ildar Mamatkazin, Abdurahmon Abdulhaqov, Doniyor Ismoilov, Radosav Aleksich, Davron Isoqov, Xushnud Avilov, Abror Xusinov.
Ogohlantirishlar: Abdulhaqov (54)

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston Kubogi, 1/8 final. “Nasaf” o‘zida “Andijon”ni yirik hisobda yengdi