Falastin - O‘zbekiston o‘yini Al-Ram shahrida bo‘lib o‘tadi

  • 05 avgust 2019, 16:10
  • 740
  • Sport
  • Falastin - O‘zbekiston o‘yini Al-Ram shahrida bo‘lib o‘tadi
    Jahon chempionati saralashining navbatdagi sikliga kirib borayotgan O‘zbekiston milliy jamoasi 28 avgust kuni Toshkentda yig‘in boshlaydi. Bu haqda O‘FA rasmiy saytida ma’lum qilindi.

    Ektor Kuper qo‘l ostidagi jamoa JCh va Osiyo kubogi musobaqalarining qo‘shma saralash turnirini 5 sentyabr kuni Falastin mehmoni bo‘lish bilan boshlaydi.

    Ma’lum bo‘lishicha, bu o‘yin Al-Qudsga tutash Al-Ram shahrida bo‘lib o‘tadi. Falastin milliy jamoasi uy o‘yinlarini o‘tkazadigan «Faysal Al-Husayni» stadionidagi bahs mahalliy vaqt bilan soat 17:00, Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi.

    Eslatib o‘tamiz, saralashning «D» guruhidan Saudiya Arabistoni, Singapur va Yaman termalari ham o‘rin olgan. 2-tur 10 sentyabr kuni O‘zbekistonning ishtirokisiz o‘tadi.

    Ma’lumot uchun. Qatardagi JCh 2022 yilning noyabr-dekabr oylariga belgilangan. Mundialdan so‘ng ko‘p o‘tmay, 2023 yil yanvarida Xitoyda Osiyo kubogi start oladi.

    Joriy saralash – O‘zbekiston milliy jamoasining Jahon chempionati yo‘lidagi 6-urinishidir. Bundan avvalgi beshta siklning barchasi muvaffaqiyatsiz yakun topgan.

    1997 yildan buyon mundial uchun kurashib kelayotgan O‘zbekiston JCh saralashlarida jami 94 ta o‘yin o‘tkazgan.
    Bu o‘yinlarning 49 tasi g‘alaba, 19 tasi durang va 26 tasi mag‘lubiyat bilan tugagan. To‘plar nisbati: 175-95.

    » » Falastin - O‘zbekiston o‘yini Al-Ram shahrida bo‘lib o‘tadi