21:26 / 05.08.2019
3 127

"Bunyodkor" klubi Vadim Abramovga qilich sovg‘a qildi (foto)

"Bunyodkor" klubi Vadim Abramovga qilich sovg‘a qildi (foto)
Bugun, 5 avgust kuni "Bunyodkor" jamoasi bosh murabbiyi Vadim Karlenovich Abramov 57 yoshini qarshi oldi.
Shu munosabat bilan bugun "Bunyodkor" stadionida kichik tadbir tashkil qilindi. Unda klub rahbalari, xodimlar va bosh murabbiy Vadim Abramov ishtirok etdi.

Bosh direktor vazifasini bajaruvchi Ulug‘bek Mirzayev so‘zga chiqib, Vadim Karlenovichni jamoa nomidan tabriklar ekan, "Bunyodkor" bilan yanada yuksak cho‘qqilarga chiqishni, g‘alabali va yaxshi kunlari ko‘p bo‘lishini tiladi. O‘z navbatdagi Vadim Abramov ham e’tibor uchun minnatdorchilik bildirib, jamoa muvaffaqiyati uchun bor bilimini ishga solib, mehnat qilishini ta’kidladi.

Navbati bilan klubning boshqa xodimlari ham Vadim Karlenovichga yaxshi tilaklarni bildirishdi va jamoa nomidan estalik sovg‘alar topshirildi.




Manba: fcbunyodkor.com

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Bunyodkor" klubi Vadim Abramovga qilich sovg‘a qildi (foto)