10:10 / 06.08.2019
2 882

"Paxtakor" 3 nafar futbolchisini ijaraga berib yubordi

"Paxtakor" 3 nafar futbolchisini ijaraga berib yubordi
Yozgi transferning oxirgi kunlarida "Paxtakor" o‘zining uch nafar futbolchisni ijaraga berdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Unga ko‘ra U-21 birinchiligida o‘zini ko‘rsatgan va 12 gol muallifiga aylangan hujumchi Hojimat Erkinov hamda yarim himoyachi Jahongir Ahmadov shu yil oxirigacha "Qo‘qon-1912" jamoasiga ijaraga berildi. Bundan avaalroq Sobit Sindarov ham ijara asosida qo‘qonliklar safiga borib qo‘shilgandi.

Yarim himoyachi Jasur Yaxshiboyev esa yil yakunigacha AGMK klubiga ijaraga berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Paxtakor" 3 nafar futbolchisini ijaraga berib yubordi