07:13 / 07.08.2019
2 448

Samvel Babayanga nisbatan bosim “Lokomotiv”ning ichki muhiti va natijalarga ham ta’sir qilmoqdami?

Samvel Babayanga nisbatan bosim “Lokomotiv”ning ichki muhiti va natijalarga ham ta’sir qilmoqdami?
Taniqli sharhlovchi Davron Fayziyev “SPORTS.uz haftasi” ko‘rsatuvida “Lokomotiv” klubining oxirgi paytda qayd etayotgan natijalari borasida so‘z yuritdi. Jumladan, Jizzaxdagi mag‘lubiyat haqida.

- Superligada ikkinchi davra endi boshlandi. Har qanday superklublar tanaffusdan so‘ng o‘zining yuqori formasiga chiqmagan bo‘ladi. “Lokomotiv”ning mehmonda ochko yo‘qotishini juda katta sensatsiya deb o‘ylamayman. Klubda o‘zgarishlar davri. Yangi murabbiy – Samvel Babayan keldi. U ham o‘z o‘yinini yo‘lga qo‘yib olguncha ma’lum bir vaqt ketadi.

Ko‘pchilikda Babayanga munosabat yaxshi emas. Negativ muhit bor. Bu esa o‘z navbatida jamoaning ichki muhitiga ham ta’sir qilishi mumkin. Shaxsan men shunday deb o‘ylayman. Samvel Babayanning o‘zi ham qiynalmoqda, buni chetdan turib his etish mumkin. Chunki atrofdagi bosim faqat murabbiyga emas, klubga ham ta’sir etmoqda. Babayanning bosimdan chiqishi jamoada bilinadi.

Mutaxassis buni uddalasa, o‘ylaymanki, “temiryo‘lchilar” ham o‘zlariga kelishadi. Ungacha esa mana bunday syurprizlar uchrab tursa kerak. Ya’ni bu natijani jamoalarning ayni paytdagi tayyorgarlik jarayoni, funksional holatiga bog‘lamagan bo‘lardim. Aynan mana shu tashqi faktorlar: oradagi tanaffus, jamoalardagi o‘zgarishlar va bosim bilan izohlash mumkin, - dedi Davron Fayziyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Samvel Babayanga nisbatan bosim “Lokomotiv”ning ichki muhiti va natijalarga ham ta’sir qilmoqdami?