12:20 / 07.08.2019
2 862

"Buxoro" klubi legioner hujumchi va murabbiyni ro‘yxatdan o‘tkazdi

"Buxoro" klubi legioner hujumchi va murabbiyni ro‘yxatdan o‘tkazdi
"Buxoro" jamoasi gruziyalik legioner Vili Iciani va murabbiy Shirinbekov Oleg Hakimbekovich bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

28 yoshli Vili Iciani Gruziyada tavvallud topgan. Markaziy hujumchi. 2018-2019 yilgi mavsumni Gruziyaning «FK Sioni» jamoasida, shuningdek, Turkiyaning bir qator jamoalarida to‘p tepgan. Erkin agent maqomiga ega futbolchi.

Shirinbekov Oleg Hakimbekovich Tojikistonda tavvallud topgan. Futbolchilik faoliyati davomida Moskvaning «Torpedo» jamoasi safida yorqin o‘yinlari bilan tanilgan Oleg Hakimbekovich 1988 yili mavsumida Sovet futboling eng yaxshi futbolchilari jadvalida ikkinchi o‘rinni egallagan. Hakimbekovich «Torpedo» jamoasi bilan 1990-91 yil UYeFA kubogida chorak finaligacha yetib borgan.

Murabbiylik faoliyatini 2001 yili Moskvaning «Torpedo» jamoasida boshlagan. Shuningdek, Rossiyaning «Saturn» va Tojikistonning «Istiqlol» jamoalarida ishlagan. Hozirga vaqtga qadar Moskvaning «SSKA» jamoasida seleksioner bo‘lib faoliyat olib borgan. Oleg Hakimbekovich "Buxoro" jamoasiga katta murabbiy sifatida tayinlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Buxoro" klubi legioner hujumchi va murabbiyni ro‘yxatdan o‘tkazdi