20:35 / 07.08.2019
2 769

Ignatiy Nesterov Superligaga qaytdi

Ignatiy Nesterov Superligaga qaytdi
O‘zbekiston milliy jamoasi sobiq darvozaboni Ignatiy Nesterov «Lokomotiv»ga qaytdi. Bu haqda PFL ma’lum qildi. Tashkilot barcha jamoalarga yozda kelgan va ketgan futbolchilarni e’lon qilib kelyapti.

«Lokomotiv»ga kelib qo‘shilgan futbolchilar qatorida Ignatiy Nestorov ham bor. Osiyo Kubogidan so‘ng Saudiya Arabistonining «Uhud» klubiga o‘tgan va doping iste’mol qilgani sabab 8 oyga diskvalifikatsiya qilgandi. Oktyabr oyidan maydonga tushishiga ruxsat berilgan Nesterov avgust oyidan rasmiy mashg‘ulotlarda qatnashishi mumkin.

Nesterov Osiyo Kubogidan avval aynan «Lokomotiv»da o‘ynardi. Darvozabon 2014 yilda «temiryo‘lchilar» safiga o‘tgan. 7 yil «Paxtakor»da, 4 yil «Bunyodkor»da o‘ynagan Nesterov faoliyatini 2000 yil «Dinamo» safida boshlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ignatiy Nesterov Superligaga qaytdi