21:01 / 08.08.2019
2 935

Nodirbek Abdusattorov “FIDE WORLD CHESS CUP”da qatnashadi

Nodirbek Abdusattorov “FIDE WORLD CHESS CUP”da qatnashadi
Markaziy Osiyo 3-4 xudud Prezidenti Xusan Turdialiyev iltimosiga binoan, FIDE Prezidenti Arkadiy Dvarkovich nomiga bir necha bor iltimosnoma yuborildi. Ushbu iltimosnomaning mazmuniga ko‘ra, hamyurtimiz shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Xalqaro grossmeyster, Olimpiada chempioni Nodirbek Abdusattorovning so‘nggi yillarda ko‘rsatgan natijalari hamda uning imkoniyatlarini hisobga olib, “FIDE WORLD CHESS CUP”da qatnashish uchun munosib nomzod ekani, aniq faktlar bilan ko‘rsatildi.

Ma’lumki, belgilangan kvotlardan tashqari, FIDE Prezidenti ham 5 nafar ishtirokchini mustaqil tavsiya etish huquqiga ega. 5 ta ishtirokchidan 4 nafari allaqachon ma’lum bo‘lib ulgurgan edi, ammo oxirgi 1 o‘rin uchun asosiy da’vogarlar orasida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattarov hamda Hindiston vakili Nihal Sarinlar nomzodlari ilgari surilgan edi.

Qilingan harakatlar natijasi o‘laroq, Xalqaro grossmeyster Yudet Polgar, xalqaro grossmeyster Vladimir Kramnik, FIDEning ijrochi direktori xalqaro grossmeyster Viorel Balagan boshchiligidagi Komissiya, Hindiston vakili Nihal Sarin hamda O‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov ikki yosh grossmeystarlarning natijalarini ko‘rib chiqib, xalqaro grossmeyster Nodirbek Abdusattarovni “FIDE WORLD CHESS CUP” turnirida ishtirok etishga tavsiya qilishdi. Shu tariqa vatandoshimiz ushbu nufuzli bellashuvda qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, musobaqa 9 sentyabrdan 4 oktyabrgacha Rossiya federatsiyasi, Xanta-Mansiysk shahrida bo‘lib o‘tadi. Shu o‘rinda ushbu nufuzli turnirda, O‘zbekiston nomidan Shaxmat bo‘yicha 17chi Jahon chempioni, xalqaro grossmeystr Rustam Qosimjonov ham ishtirok etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Nodirbek Abdusattorov “FIDE WORLD CHESS CUP”da qatnashadi