21:27 / 08.08.2019
3 065

AGMKni yanchib tashlagan O‘zbekiston U-16 terma jamoasi "Andijon"ni ham tor-mor keltirdi

AGMKni yanchib tashlagan O‘zbekiston U-16 terma jamoasi "Andijon"ni ham tor-mor keltirdi
Bilasiz, bu yil "Paxtakor-79" jamoasining aviahalokatiga 40 yil to‘ladi. Ayni damda mazkur sanaga katta hozirlik ishlari olib borilmoqda.
Jumladan, "Paxtakor-79" xotirasiga bag‘ishlab xalqaro "Xotira qanotlari" turniri o‘tkazilmoqda. Unda 12 jamoa ishtirok etmoqda.

Musobaqada 2004 yilda tavallud topgan futbolchilardan iborat jamoalar qatnashishadi. O‘zbekistonning 10 jamoasi bilan birga Qozog‘istonning "Qayrat" va Ukrainaning "Paxtakor-Kurilovka" ham unda ishtirok etmoqda. Uchrashuvlar "Chilonzor", O‘FA va "Chig‘atoy" stadionlarida bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekiston U-16 terma jamoasi ilk o‘yinda AGMK yoshlariga qarshi bahs yuritib, 5:0 hisobida g‘alaba qozonishgan edi.
Bugun esa terma jamoamiz andijonlik tengqurlariga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvda O‘zbekiston U-16 7:0 hisobida zafar quchdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

7 avgust (“Chig‘atoy” stadioni)
O‘zbekiston U-16 – Andijon 7:0
Gollar:
Alisher Xayrullayev (2), Jasur Ahmedov (7, 21, 31), Jamol Rahimov (37), Og‘abek Jumaqulov (52), Sarvar Bahodirov (54).

O‘zbekiston U-16: Beknur Parmonov, Abduqodir Husanov, Elyor Yulbarsov, Abdulaziz Toshkenboyev, Tohir To‘xtasinov, Rian Islamov, Alisher Xayrullayev, Shahzod Akramov, Nodir Abdurazzoqov, Obloyor Rahmatov, Jasur Ahmedov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Asadbek Karjovov, Sardor Rahimov, Aziz Hakimov, Diyor Inomov, Jamol Rahimov, Sarvar Bahodirov, Maqsud Aloxo‘jayev, Og‘abek Jumaqulov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » AGMKni yanchib tashlagan O‘zbekiston U-16 terma jamoasi "Andijon"ni ham tor-mor keltirdi