20:38 / 09.08.2019
2 641

Zafarbek Karimov taekvondo bo‘yicha jahon chempionigi aylandi (foto)

Zafarbek Karimov taekvondo bo‘yicha jahon chempionigi aylandi (foto)
Toshkentda o‘tayotgan taekvondochi kadetlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi ilk oltin medalini qo‘lga kiritdi.

-41 kg vazn toifasida dayanga chiqqan Zafarbek Karimov hal qiluvchi bahsda eronlik Amirhussayin Navro‘zini mag‘lub etib, chempionga aylandi.

Karimovning bu muvaffaqiyati o‘zbek taekvondosi uchun tarixiy natijadir – O‘zbekiston terma jamoasi bundan oldingi uchta jahon chempionatida faqat bronza medallarini (jami 7ta) qo‘lga kiritish bilan cheklanib qolayotgan edi.


Eslatib o‘tamiz, Toshkentdagi musobaqada kecha boshqa bir o‘zbekistonlik atlet Muhammadamin Aliyev bronza medaliga ega chiqqandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Zafarbek Karimov taekvondo bo‘yicha jahon chempionigi aylandi (foto)