06:00 / 10.08.2019
2 865

Roberto Karlos o‘zining mashhur zarbasini takrorladi (video)

Roberto Karlos o‘zining mashhur zarbasini takrorladi (video)
O‘tmishda mashhur bo‘lgan Braziliya terma jamoasi himoyachisi Roberto Karlos 1997 yilda Fransiya terma jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yinida jarima zarbasidan kiritgan mashhur golini takrorladi.

Ushbu holat tasvirlangan videolavha futbolchining Instagram sahifasiga joylashtirilgan.

Roberto Karlos 2002 yilda jahon chempioni bo‘lgan, 1998 yilgi jahon chempionatining kumush medali sovrindori. FIFAning eng yaxshi 100 futbolchi ro‘yxatidan joy olgan. Chempionlar ligasida 100dan ortiq o‘yinda maydonga tushgan.

U 100 metr masofani 11 soniyadan kam vaqt ichida bosib o‘tgan. Zarba kuchi va to‘pning parvoz tezligi bo‘yicha jahon rekordi uzoq vaqt davomida unga tegishli bo‘lgan – soatiga 198 km.

2013-2015 yillarda Turkiya va Hindistondagi klublarda bosh murabbiy bo‘lib ishlagan. 2013/2014 yilgi mavsumda Turkiyada yil murabbiyi deb topilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Roberto Karlos o‘zining mashhur zarbasini takrorladi (video)