07:43 / 10.08.2019
2 707

“Fayzi”ni kurashda yutib qo‘ysam bo‘lmasdida...

“Fayzi”ni kurashda yutib qo‘ysam bo‘lmasdida...
Ayni vaqtda amerikalik professional bokschi Terens Krouford Toshkentda bo‘lib turgani haqida ma’lumotga egasiz. Birinchi yarimo‘rta vazn toifasida sobiq mutloq jahon chempioni (2017 yil). Ayni paytda yarimo‘rta vazn toifasida WBO kamari sohibi poytaxtimizdagi EkoParkda o‘ziga xos shouda ishtirok etdi. Ushbu fursatdan foydalanib, biz mazkur jahon professional boks yulduzi bilan qisqacha suhbatda bo‘ldik.

- Terens O‘zbekistonga xush kelibsiz?
- Raxmat.

- Bu yerda o‘zingizni qanday his qilmoqdasiz. O‘zbek xalqi borasidagi tasavvuringiz yanada boyigan bo‘lsa kerak?
- To‘g‘risi juda qulay. O‘ylaganimdanda ajoyib. Albatta, xalqingizni mehmondo‘stligini bilar edim. Bunga yanada amin bo‘ldim.

- O‘zbekistonga tashrifingiz tarixi qanday bo‘ldi?
- Mana yonimda turgan inson(Sardor Vohidovni nazarda tutmoqda) tufayli shu yerdaman. Sardor bilan qalin do‘stmiz. Hamyurtingiz ajoyib inson. U bilan AQShda do‘st tutinganmiz. Sardor O‘zbekistonga taklif qildi. Men jon deb rozi bo‘ldim.

- O‘zbek milliy taomlari ma’qul kelmoqdami?
- Albatta. Ayniqsa, mevalaringiz juda shirin. Taomlaringizga to‘xtalsam, palov va tovuq go‘shtidan tayyorlanganlari juda mazali ekan.

- Umuman O‘zbekistonni boks mamlakati ekanligidan xabaringiz bormidi?
- Albatta. Ayniqsa, havaskor boks borasida yetakchilardan ekanligini bilardim.

- Aslida professional boksimiz ham rivojlangan. Balki profida faoliyat yuritadigan hamyurtlarimizni ham bilarsiz?
- Albatta “Fayzi”ni taniyman. U bilan birga sparring mashg‘ulotlarda ishtirok etganman. Munosabatlarimiz juda yaxshi.

- Nahotki Fazliddin G‘oyibnazarovdan boshqasini tanimasangiz. Bizda o‘z vaqtida WBO chempioni “Oq Tayson” nomi bilan mashhur Ruslan Chagayev, 17 karra jahon chempioni Artur Grigoryanlar bo‘lgan. Qolaversa, hozirgi kunda sizning vazn toifangizda IBF reytingida birinchi o‘rinda qayd etilayotgan, ehtimoliy raqibingiz bo‘lmish Qudratullo Abduqahhorovlar bor?
- To‘g‘risi, bu borada ma’lumotga ega emasman.

- Kecha, internet ijtimoiy tarmoqlarida Fazliddin G‘oyibnazarov bilan kurash tushganingiz tarqaldi. Lekin oxiriga qadar emas. Yakun nima bo‘ldi?
- To‘g‘risi, men uni mehmoniman. Yiqitib qo‘ysam bo‘lmasdi.

- Sizning kamarlarni birlashtirish uchun jang qiladigan raqiblaringiz Shon Porter hamda Eroll Spenslar o‘zaro jang olib borishadi. Nima deb o‘ylaysiz kimning qo‘li baland keladi?
- Eroll Spens g‘alaba qozonadi deb o‘ylayman.

Afsuski, shu yerda u bilan xayrlashishga to‘g‘ri keldi. Chunki, uni yanada muhim ishlar uchun chaqirib qolishdi. Shunday bo‘lsada, mazkur suhbatni amalga oshirishda yaqindan yordam bergan, Terens Kroufordni yurtimizga olib kelgan inson Sardor Vohidovga o‘z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz!

- Terens suhbat chala bo‘lib qoldi. Lekin bir kun sizdan albatta batafsil intervyu olaman. Hozircha shunisiga ham rahmat!
- Men qarshi emasman.
Ahmadbek Eshmatov

Manba: Sports.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Fayzi”ni kurashda yutib qo‘ysam bo‘lmasdida...