22:04 / 11.08.2019
3 003

"Nasaf" Qarshida "Bunyodkor"ni mag‘lub etdi

"Nasaf" Qarshida "Bunyodkor"ni mag‘lub etdi
O‘zbekiston Superligasining 16-turida "Nasaf" jamoasi o‘z maydonida "Bunyodkor"ga qarshi bahs yuritdi.
Qarshi shahrida kechgan markaziy o‘yinda Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvdagi dastlabki to‘pni Azizjon G‘aniyev 25-daqiqada penaltidan kiritdi. 52-daqiqaga kelib esa Bobir Abdixoliqov ajoyib harakatlari bilan jamoasining ikkinchi to‘pini "Bunyodkor" darvozasiga yo‘lladi, - 2:0. 89-daqiqaga kelib esa Xurshid G‘iyosov penaltidan yo‘llagan zarbasini qarshiliklar posboni qaytarishga erishdi. Darvozabondan qaytgan to‘pni esa Shohruh Gadoyev aniq yo‘lladi va o‘rtadagi hisobni qisqartirdi, - 2:1.

Qo‘shib berilgan daqiqalarda esa Xumoyun Murtozoyev "Bunyodkor" darvozasini ishg‘ol qildi, - 3:1.

O‘zbekiston Superligasi, 16-tur
“Nasaf” – “Bunyodkor” 3:1
Gollar:
Aziz G‘aniyev 25 penalti, - 1:0. Bobir Abdixoliqov 53, - 2:0. Shohruh Gadoyev 90, - 2:1. Humoyun Murtozayev 90+2, - 3:1.
Aniq amalga oshirilmagan penalti: Xurshid G‘iyosov 90 (darvozabon).

"Nasaf": Abduvohid Ne’matov, G‘olib G‘aybullayev, Aziz G‘aniyev, Dilshod Saitov, Humoyun Murtozayev, Bobir Abdixoliqov (Doniyor Narzullayev, 72), Sharof Muhitdinov, Sardor Abduraimov (Akmal Mozgovoy, 66), Islom Rashidxonov (Xurshidbek Muxtorov, 83), Sherzod Nasrullayev, Umar Eshmurodov.
Zaxira: Mashhurjon Muhammadjonov, Azamat Soyibov, Husniddin Aliqulov, Jo‘rabek Mannonov, Alisher Yusupov, Islom Kenjaboyev.

"Bunyodkor": Abdumavlon Abdujalilov, Abdulla Abdullayev, Anvar G‘ofurov, Dilshod Ahmadaliyev, Shohruh Gadoyev, Lutfulla To‘rayev, Sanjar Qodirqulov, Yevgeniy Chumak (Boburbek Farhodov, 63), Xurshid G‘iyosov, Mirjahon Mirahmadov (Sanjar Tursunov, 78), Jasur Jaloliddinov (Javohir Qahramonov, 58).
Zaxira: Murodjon Zuhurov, Muhammadodil Qahramonov, Islomjon Qobilov, Dmitriy Ostrovskiy, Sanjar Rixsiboyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Nasaf" Qarshida "Bunyodkor"ni mag‘lub etdi