23:44 / 11.08.2019
2 835

"Paxtakor" - SSSR 4:4. Afsonalar o‘yinida do‘stona durang

"Paxtakor" - SSSR 4:4. Afsonalar o‘yinida do‘stona durang
"Paxtakor-79" jamoasi xotirasiga bag‘ishlangan badiiy dastur va o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvdan avval 1979 yil 11 avgust kuni aviahalokat natijasida hayotdan ko‘z yumgan futbolchilar xotirasiga bag‘ishlab badiiy dastur namoyish etildi.

Unda jamoa a’zolarini yodga oladigan chiqishlar va qo‘shiqlar ijro etildi. "Paxtakor-79" jamoasi xotirasiga atab ishlangan turli videoroliklar namoyish etib turildi.

Uchrashuvda esa stadionga tashrif buyurgan ishqibozlar yaqin o‘tmishdagi futbol afsonalarining ajoyib harakatlaridan bahra olishdi. Katta yoshdagi muxlislar o‘yin davomida miriqib o‘zlarining suyuklilarini yana qo‘llab-quvvatlash imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Har ikki jamoa a’zolari mahoratlari haligacha yuqori ekanini ko‘rsatishga intilishdi.

Bellashuv do‘stona 4:4 hisobida yakunlandi. "Paxtakor"dan Azamat Abduraimov, sobiq SSSRdan Igor Belanov xet-trikka erishdi. Ravshan Bozorov va Dmitriy Kuznetsov hisobiga esa bittadan gol yozildi.

O‘zining oxirigacha kurashishi, sadoqati, intilishi bilan ishqbozlar qalbiga yo‘l topgan "Paxtakor-79" jamoasi xotirasini har doim yodga olamiz. Akademiyamizda tahsil olayotgan bolalarga shonli jamoaga munosib avlod bo‘lib voyaga yetishi to‘g‘risida doim ta’kidlanadi.

"Paxtakor-79" hamisha yodimizda va qalbimizda. Ular bilan faxrlanamiz!

"PAXTAKOR" - SOBIQ SSSR TERMA JAMOASI - 4:4 (3:2)
11 avgust. "Paxtakor" stadioni.
Hakamlar: B.Haydarov, K.Smirnov, B.Tog‘ayev, Sh.Po‘latov.
"Paxtakor" (umumiy tarkib): Aleksey Roshin, Murod Aliyev, Denis Ivankov, Farhod Magomedov, Mahmud Sobirov, Islom Ahmedov, No‘’mon Hasanov, Igor Shkvirin, Azamat Abduraimov, Jasur Abduraimov, Ilhom Sharipov, Ja’far Irismetov, Ravshan Bozorov, No‘’mon Nurmatov, Oleg Sobirov, Aleksandr Xvostunov, Sergey Lebedev, Oybek Usmonxo‘jayev, Baxtiyor Ashurmatov, Furqat Esonboyev, Pavel Bugalo, Sergey Lushan, Qayrat O‘taboyev, Sobir Xodiyev, Abduqahhor Ma’rufaliyev, Gocha Tkebuchava, Mirjalol Qosimov, Nuriddin Amriyev, Yuriy Kurbiko.

Sobiq SSSR terma jamoasi: Otar Gabeliya, Kuralbek Ordabayev, Ruslan Nigmatullin, Vladimir G‘ulomhaydarov, Vladimir Bessonov, Aleksey Mixaylichenko, Aleksandr Zavarov, Vagiz Xidiyatullin, Valeriy Kechinov, Valeriy Shmarov, Dmitriy Kuznetsov, Ruslan Mamedov, Aleksandr Mirzoyan, Andrey Yemanov, Andrey Pyatnitskiy, Vladimir Gutsayev, Aleksandr Chivadze, Andrey Kanchelskis, Vasilis Xadzipanagis, Yevgeniy Yarovenko, Andrey Fyodorov.

Gollar: Azamat Abduraimov 8, 26, 50-pen, Bozorov 17 - Belanov 27, 51, 54, Kuznetsov 28.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Paxtakor" - SSSR 4:4. Afsonalar o‘yinida do‘stona durang