Mirjalol Qosimov: O‘zbekiston chempionatida VAR tizimini tatbiq etishga hali erta

  • 12 avgust 2019, 07:10
  • 601
  • Sport
  • Mirjalol Qosimov: O‘zbekiston chempionatida VAR tizimini tatbiq etishga hali erta
    Futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida VAR (Video assistant referee), ya’ni hakamning video ko‘makchisi tizimini qo‘llashga hali erta, deb hisoblaydi “OKMK” klubi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov

    “Maydonlar mos bo‘lishi kerak. Ana o‘shanda futbol umuman boshqacha bo‘ladi”, - dedi Qosimov Sputnik nashriga. – Aytganlaridek, step by step: qadamma-qadam oldinga qarab rivojlanamiz”.

    Shuningdek, u milliy terma jamoa bosh murabbiyi Ektor Kuper ishi haqida ham bir necha og‘iz fikr bildirdi. Shu bilan birga, u bir tarafdan turib birovning harakatiga izoh berish osonligi, shuning uchun buni yoqtirmasligini ta’kidladi.

    “Kuper professional, biroq Osiyo Kubogida omadi kelmadi, - dedi u. Jahon futbolida xorijiy murabbiylarni taklif qilish amaliyoti tez-tez uchrab turadi. Lekin bizning ham ishlashi va natija ko‘rsata olishi mumkin bo‘lgan mutaxassislarimiz bor”.

    “Paxtakor”ning sobiq mashhur hujumchisi Mirjalol Qosimov 2006 yilda murabbiylik faoliyatini boshlagan. U dastlab O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi murabbiyining yordamchisi sifatida, keyin “Bunyodkor” jamoasi murabbiyi sifatida muvaffaqiyatli faoliyat yuritgan. 2018 yilning dekabr oyida Qosimov “OKMK” jamoasining bosh murabbiyi lavozimiga tayinlangan.

    » » Mirjalol Qosimov: O‘zbekiston chempionatida VAR tizimini tatbiq etishga hali erta