23:31 / 12.08.2019
3 910

Shomurodov Rossiya premer-ligasi to‘purarlar poygasida 1-o‘ringa chiqib oldi

Shomurodov Rossiya premer-ligasi to‘purarlar poygasida 1-o‘ringa chiqib oldi
Xabaringiz bor ayni damda Rossiya premer-ligasining 5-turidan o‘rin olgan “Rostov” hamda “Krilya Sovetov” jamoalari bahsi bo‘lib o‘tmoqda.

Uchrashuvni doimgidek asosiy tarkibda boshlagan hamyurtimiz Eldor Shomurodov 33-daqiqaga kelib raqib darvozasini ishg‘ol etdi va rostovliklarni oldinga olib chiqdi.

E’tiborlisi, ushbu gol 24 yoshli o‘zbekistonlik futbolchi uchun joriy mavsum RPLdagi 4-gol bo‘ldi va u to‘purarlar poygasida peshqadamlik qilayotgan Artyom Dzyuba (“Zenit”) va Aleksandr Sobolevlarga (“Krilya Sovetov”) yetib oldi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodov Rossiya premer-ligasi to‘purarlar poygasida 1-o‘ringa chiqib oldi