Eldor Shomurodov yana gol urdi va «Rostov»ga g‘alaba keltirdi (video)

  • 13 avgust 2019, 08:36
  • 701
  • Sport
  • Eldor Shomurodov yana gol urdi va «Rostov»ga g‘alaba keltirdi (video)
    Foto: Uff.uz
    Rossiya chempionatining 5-turida «Rostov» klbi o‘z maydonida «Krilya Sovetov» jamoasini qabul qildi va kichik hisobda g‘alaba qozondi. E’tiborli tomoni, uchrashuvdagi yagona golni O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov kiritdi.

    Gol 33-daqiqada urildi. «Rostov» futbolchilari chap qanotdan ajoyib kombinatsiya tashkil etishdi va hujumdagi so‘nggi zarbani Eldor aniq yo‘lladi. Shu tariqa «Rostov»ning Rossiya chempionatidagi mag‘lubiyatsiz seriyasi davom etadigan bo‘ldi. Ayni vaqtda jamoa 11 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.

    Rossiya chempionati
    5-tur
    «Rostov» — «Krilya Sovetov» — 1:0 (1:0, 0:0)
    Gol:
    Shomurodov, 33.
    «Rostov» — Pesyakov, Kozlov, Chistyakov, Sigurdsson, Chernov (Logashov, 90), Normann, Popov, Bayramyan (Zuyev, 55), Yeremenko, Ionov (Glebov, 73), Shomurodov.
    «Krilya Sovetov» — Rijikov, Anyukov (Zinkovskiy, 70), Karpov, Chernov, Kombarov, Ginsar (Radonich, 73), Timofeyev, Kabutov, Gatskan, Kanunnikov, Sobolev (Golenkov, 87).
    Ogohlantirishlar: Chistyakov (63), Kozlov (64), Pesyakov (88).

    » » Eldor Shomurodov yana gol urdi va «Rostov»ga g‘alaba keltirdi (video)