09:05 / 14.08.2019
2 640

«Rostov» bosh murabbiyi: «Shomurodov RPL grandiga o‘tgandan ko‘ra Yevropaga ketgani yaxshiroq»

«Rostov» bosh murabbiyi: «Shomurodov RPL grandiga o‘tgandan ko‘ra Yevropaga ketgani yaxshiroq»
RPLning 5-turidan keyin musobaqa jadvalida ikkinchi o‘rinda borayotgan «Rostov» bosh murabbiyi Valeriy Karpin «Sport-ekspress»ga intervyu berdi. Suhbat davomida mutaxassis o‘tgan beshta o‘yinda to‘rtta gol urib, to‘purarlar ro‘yxatini boshqarayotgan shogirdi Eldor Shomurodov haqida ham gapirib o‘tgan.

– Hozir hammaning og‘zida Shomurodov. Hujumchining boshi aylanib ketmayaptimi?
– Hozir bunaqa bo‘lmasligi kerak. Eldor – ancha kamtar, mulohazali, adekvat, bosiq yigit. Hozir nima bo‘layotganini to‘g‘ri baholay oladi.

– Yaqinda SSKA unga qiziqish bildirib chiqqani rostmi?
– Bu menga beriladigan savol emas. Kim kim bilan aloqaga chiqqanini bilmayman... Bu masalada hech narsadan xabarim yo‘q.

– Siz uning pozitsiyasiga – kelgusida rus grandiga emas, Yevropa klubiga o‘tish fikriga qo‘shilasizmi?
– Umuman olganda, ha. Men uning «Rostov»da o‘ynashda davom etishini istardim. Keyinroq, agar shunday taklif tushsa, RPLning obro‘li klubidan ko‘ra G‘arbga yo‘l olgani yaxshiroq. Albatta, Yevropa grandida maydonga tushish oson emas. Lekin boshlanishiga oddiyroq klubda o‘ynab turib ham, keyin yuqoriroqqa ko‘tarilishga intilish mumkin.

– Yaqinda «Hozircha Shomurodov va Normanni yo‘qotishdan xavotirimiz yo‘q. Hech kimni sotmoqchi emasmiz. Lekin ertaga 50 millionlik taklif tushsa, o‘zim futbolchini o‘sha klubga eltib qo‘yaman» deb aytgandingiz.
– Ha, shunday.

– Demak, Shomurodov va Normann 50 mln yevro turarkan-da? Qimmat emasmi?
– Men uchun, ha, ularning transfer narxi – 50 million.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Rostov» bosh murabbiyi: «Shomurodov RPL grandiga o‘tgandan ko‘ra Yevropaga ketgani yaxshiroq»