Kiyevning «Dinamo» klubi bosh murabbiyi Aleksandr Xatskevich iste’foga chiqarildi.
U bilan birga murabbiylar shtabining barcha a’zolariga, jumladan Oleg Lujniy, Visente Gomes va Maksim Shatskixga ham javob berildi.
Jamoani keyingi o‘yinlarga kim tayyorlashi hozircha ma’lum emas.
Eslatib o‘tamiz, «Dinamo» Chempionlar Ligasi saralashining 3-bosqichida Belgiyaning «Bryugge» klubi to‘sig‘idan o‘tolmadi. Safarda 0:1 hisobida yutqazgan kiyevliklar o‘z maydonida 3:3 hisobini qayd etishdi xolos. Natijada «Dinamo» Xatskevich qo‘l ostida qatorasiga uchinchi marta Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga chiqolmadi.
Aleksandr Xatskevich
Aleksandr Xatskevich «Dinamo» klubida 2017 - 2019 yillar davomida ishladi. Jamoa bu davr mobaynida ikki marta Ukraina Superkubogini qo‘lga kiritdi. Shuncha marta chempionatning kumush medali sovrindori bo‘ldi.
Maksim Shatskix 2017 yildan beri Xatskevichning assistenti bo‘lib ishlab kelayotgan edi. U O‘zbekiston milliy jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi – 61ta o‘yinda 34ta gol. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring