00:30 / 17.08.2019
2 442

Zidan: "Mavsum boshlanishini sabrsizlik bilan kutyapmiz"

Zidan: "Mavsum boshlanishini sabrsizlik bilan kutyapmiz"
Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan La Liganing 2019/20 yilgi mavsum ilk turidan o‘rin olgan “Selta”ga qarshi bahsdan oldin o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

“Biz hammamiz mavsum boshlanishini sabrsizlik bilan kutyapmiz. Butun hayolimiz mavsum startiga qaratilgan. Biz hammamiz judayam baxtlimiz.

“Selta”ga qarshi o‘yinda faqat g‘alaba bizni qanoatlantiradi. Biz g‘alaba qozonishga va raqobatga tayyor bo‘lishmiz kerak. Bu dunyodagi eng zo‘r liga, bu yerda kuchli raqobat bo‘ladi.

Men ham chiroyli o‘ynashni, ham g‘alaba qozonishni xohlayman”, - deydi fransiyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, “Selta” – “Real” uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Zidan: "Mavsum boshlanishini sabrsizlik bilan kutyapmiz"