09:50 / 22.08.2019
2 411

Abror Tursunpo‘latov: "Kovalyov ruhan yuksalishda, bunday holatda u Yardga yutqazmaydi"

Abror Tursunpo‘latov: "Kovalyov ruhan yuksalishda, bunday holatda u Yardga yutqazmaydi"
Xabaringiz bor, 24 avgust kuni Sergey Kovalyov britaniyalik Entoni Yardga qarshi jang o‘tkazadi. Ushbu jang avvalida bizning yurtdoshimiz rossiyalik charmqo‘lqop ustasining sobiq murabbiyi Abror Tursunpo‘latov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Abror aka 24 avgust kungi jang borasida qanday fikrdasiz? Sobiq shogirdingiz himoya jangini o‘tkazadi.
- Bilasizmi, Sergeyning hozirdagi ruhiy holati ajoyib ko‘rinish olgan. Bunday holatda u Entoni Yardga hech qachon yutqazmaydi. Yard ishtirokidagi janglarni shaxsan kuzatmaganman. Lekin yaxshi bokschi ekanligi quloqqa chalingan. U avval Sergey darajasidagi raqiblarga duch kelmaganligi esa aniq. Asosan, o‘ziga nisbatan kuchsiz bokschilar bilan jang olib borgan. Kovalyovda esa ulkan tajriba mavjud. Shu nuqtai nazardan olganda mazkur jang g‘olibi Sergey Kovalyov bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abror Tursunpo‘latov: "Kovalyov ruhan yuksalishda, bunday holatda u Yardga yutqazmaydi"