22:13 / 17.08.2019
2 735

"Surxon" ustozi: "Braziliyalik legionerlardan ko‘p narsa kutyapmiz"

"Surxon" ustozi: "Braziliyalik legionerlardan ko‘p narsa kutyapmiz"
O‘zbekiston Superligasi 17-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" hamda "Surxon" jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng (2:1) termizliklar ustozi Vladimir Andreyev uchrashuv borasidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"O‘yin biz uchun durang bilan tugashi mumkin edi. Ammo jarima zarbasidan keyin kiritilgan gol mezbonlarga g‘alaba keltirdi. Qolgan daqiqalarda hisobni tenglashtirish uchun bir qator imkoniyatlarga ega bo‘ldik. Biroq ulardan foydalana olmadik. Mezbonlar ham yaxshi o‘ynashdi.

Abdul Aziz Yusupovdan har doim hujumchi sifatida foydalanardik. Har bir jamoada rotatsiya bo‘lib turadi. Biz legioner hujumchiga imkon berib ko‘rdik.
Legionerlardan ko‘p narsa kutyapmiz. Hozir xulosa chiqarishga erta. Braziliyalik futbolchining imkoniyatlarni ko‘rishga muvaffaq bo‘ldik. Birinchi bo‘limdagi o‘zgarish bizga samara keltirdi", - deb Andreyevning so‘zlarini keltirib o‘tdi "Qo‘qon-1912" matbuot xizmati.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Surxon" ustozi: "Braziliyalik legionerlardan ko‘p narsa kutyapmiz"