23:37 / 17.08.2019
2 384

APL. Turning markaziy o‘yinida jangovar durang qayd etildi

APL. Turning markaziy o‘yinida jangovar durang qayd etildi
Angliya Premer-ligasi 2-turidan o‘rin olgan "Manchester Siti" hamda "Tottenxem Xotspur" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi.

"Ittihod" stadionida kechgan uchrashuv qiziqarli o‘tdi va gollarga bo‘y bo‘ldi. Yakunda esa tomonlar murosa yo‘lini tanlashdi - 2:2. "Shaharliklar" safida Rahim Sterling va Serxio Aguerolar to‘p kiritgan bo‘lsa, "shporlar" tarkibida bunga Erik Lamela va Lukas Mouralar javob qaytarishdi.

"Manchester Siti" - "Tottenxem" 2:2
Gollar:
20' Sterling - 1:0, 23' Lamela - 1:1, 34' Aguero - 2:1, 57' Moura - 2:2.

"Manchester Siti" - Ederson, Uoker, Otamendi, Laport, Zinchenko, Rodrigo (78, David Silva), Gyundogan, De Bryuyne, Sterling, Bernardu (80, Maxrez,), Aguero (66, Jezus).
Zaxira: Bravo, Fernandino, Kanselu, Foden.

"Tottenxem" - Loris, Uoker-Piters, Alderveyreld, Sanches, Rouz, Uinks (56, Lukas Moura), Sissoko, Ndombele, Eriksen (90+1, Skipp), Lamela (85, Lo Chelso), Keyn.
Zaxira: Gazzaniga, Vertongen, Devis, Dayer, Skipp.
Ogohlantirish: Sterling (26).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » APL. Turning markaziy o‘yinida jangovar durang qayd etildi