11:00 / 18.08.2019
2 135

“Real” 818 kunlik tanaffusdan keyin “uyg‘ondi”...mi?

“Real” 818 kunlik tanaffusdan keyin “uyg‘ondi”...mi?
Ispaniya chempionatining 1-turida “Real” safarda “Selta”ni (3:1) taslim etdi.
Madrid klubi La liganing ilk turi dastlabki oltita uchrashuvi yakuniga ko‘ra, turnir jadvalida “Atletik” va “Malorka” bilan bir xil ochko to‘plab, peshqadamlik qilmoqda.

“Real” jadvalda 818 kunlik tanaffusdan so‘ng ilk bora “Barselona”dan yuqorida joylashdi. Kataloniyaliklar ilk turda “Atletik”ka (0:1) imkoniyatni boy berishdi.

So‘nggi marta “Real” 2016/17 yilgi mavsumda turnir jadvalida “Barselona”dan tepada joy olgan va o‘sha yili Zidan jamoasi La Liga g‘olibligiga erishgan edi.

Shundan keyin “Real” bir necha bor ochkolar bo‘yicha “Barsa” bilan bir xil ko‘rsatkichga erishgan bo‘lsada, jadvalda ulardan yuqoriga ko‘tarila olmagan edi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Real” 818 kunlik tanaffusdan keyin “uyg‘ondi”...mi?