Mirjalol Qosimov: "Paxtakor" bilan hujumkor futbol o‘ynab bo‘lmaydi"

  • 18 avgust 2019, 11:52
  • 480
  • Sport
  • Mirjalol Qosimov: "Paxtakor" bilan hujumkor futbol o‘ynab bo‘lmaydi"
    Coca Cola Superligasining 17-turidan o‘rin olgan AGMK - "Paxtakor" (0:3) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Mirjalol Qosimov o‘z fikrlarini bildirdi.
    "Kurashlarga boy qiziqarli uchrashuv guvohiga aylandik. "Paxtakor"ga qarshi hujumkor futbol namoyish etib bo‘lmaydi. Shu boisdan bugungi bellashuvda taktik sxemada o‘zgarish amalga oshirib, 5-4-1 ko‘rinishida o‘ynashni lozim topgandik.

    Umuman jamoamiz bugun yomon harakat qilmadi. Kuchli raqibga karshi munosib o‘ynashdi. Yaratilgan qator vaziyatlarni golga aylantira olganimizda hammasi boshqacha bo‘lishi mumkin edi. Tanaffusdan keyin vaziyatni o‘nglash maqsadida himoyachi o‘rniga yarim himoyachi tushirib, odatiy 4-3-3 taktik sxemasiga kaytgandik.

    Biroq ikkinchi taymdagi kutilmagan avtogol o‘yin tizginini buzib qo‘ydi. "Paxtakor"dagi tajriba va mahorat o‘z so‘zini aytdi, hamda ular haqli ravishda g‘alaba qozonishdi. Bu bilan "Paxtakor"ni tabriklayman. Jamoamiz esa kelgusi uchrashuvlarda muxlislarni xursand etishga harakat qiladi. Oldimizda kubok doirasidagi bahs turibdi", - deydi Mirjalol Qosimov.

    Manba: championat.asia

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Mirjalol Qosimov: "Paxtakor" bilan hujumkor futbol o‘ynab bo‘lmaydi"