Superliga. Yagona gol "Bunyodkor"ga g‘alaba keltirdi

  • 18 avgust 2019, 19:45
  • 421
  • Sport
  • Superliga. Yagona gol "Bunyodkor"ga g‘alaba keltirdi
    O‘zbekiston Superligasi 17-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" hamda "Metallurg" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi.
    Toshkentdagi "Jar" stadionida kechgan uchrashuvda "qaldirg‘ochlar" minimal hisobda raqibdan ustun kelishdi. Bellashuvdagi yagona gol 74-daqiqada Xurshid G‘iyosov tomonidan kiritildi.

    Shu tariqa Vadim Abramov shogirdlari hisobidagi ochkolar soni 30 taga yetdi va jamoa turnir jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Bekobodliklar esa 20 ochko bilan 8-pog‘onada qoldi.

    «Bunyodkor» - «Metallurg» 1:0
    Gol:
    Xurshid G‘iyosov 74, - 1:0.

    «Bunyodkor»: Abdumavlon Abdujalilov, Anvar G‘ofurov, Dilshod Ahmadaliyev, Xurshid G‘iyosov, Lutfulla To‘rayev, Mirjahon Mirahmadov (Javohir Qahramonov, 65), Sanjar Qodirqulov (Boburbek Farhodov, 82), Nurillo To‘xtasinov, Shohruh Gadoyev, Abdulla Abdullayev, Sanjar Tursunov (Sanjar Rixsiboyev, 73).
    Zaxiradagilar: Murodjon Zuhurov, Islomjon Qobilov, Jasurbek Jaloliddinov, Vladislav Nuriyev, Yevgeniy Chumak, Muhammadodil Qahramonov.

    «Metallurg»: Aleksandr Lobanov, Abbosjon Otaxonov, Suhrob Nurilloyev, Bahrom Abdurahimov, Muzaffarjon Muzaffarov, Xudoyshukur Sattorov (Ibrohim Yo‘ldoshev, 79), Kamoliddin Tojiyev (Server Jeparov, 54), Stanislav Andreyev, Akbarjon Ismatullayev, Bahodir Pardayev, Andrey Shipilov.
    Zaxiradagilar: Akmal Tursunboyev, Mahmudjon Qudratullayev, Abror Toshqo‘ziyev, Zohid Abdullayev, Shavkatjon Mullajonov, Sergey Tumasyan, Muhammad Isayev.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Superliga. Yagona gol "Bunyodkor"ga g‘alaba keltirdi