19:53 / 18.08.2019
2 729

Vadim Abramov: "Bugun qiynaldik, chunki raqib himoyaviy o‘ynadi"

Vadim Abramov: "Bugun qiynaldik, chunki raqib himoyaviy o‘ynadi"
Coca Cola Superligasi 17-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - "Metallurg" (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Vadim Abramov o‘z fikrlarini bildirdi.
"Raqib himoyaga o‘tib o‘ynagani uchun biz uchun bahs og‘ir bo‘ldi. Bizni qarshi hujumda jazolashga urinishdi. Yigitlarga rahmat aytaman. Tanaffusda aytganlarimni bajarishdi va g‘alabaga erishdik. Ammo gol urganimizdan keyin ko‘proq himoyaga o‘tib olganimiz yoqmadi.

Biz "Metallurg"ning himoyasini yorib o‘tish qiyin bo‘ldi. Ikkinchi taymda biz taktikani biroz o‘zgartirdik hamda gol urdik.
Bugun hakamlikka e’tiroz yo‘q. Albatta barcha o‘yinda hakam kichik bo‘lsa ham xato qiladi.

Endi keyingi hafta o‘rtasida Kubok o‘yinini o‘tkazamiz. Tezroq tiklanish uchun harakat qilamiz. Bir tomondan ko‘p o‘yin o‘tkazganimiz ham yaxshi. Futbol muxlislar uchun o‘ynaladiku", - deydi Vadim Abramov.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vadim Abramov: "Bugun qiynaldik, chunki raqib himoyaviy o‘ynadi"