08:00 / 21.08.2019
2 878

"Paxtakor" - "Surxon". Bu jamoalar 15 yildan so‘ng yana Toshkentda to‘qnash kelishadi

"Paxtakor" - "Surxon". Bu jamoalar 15 yildan so‘ng yana Toshkentda to‘qnash kelishadi
Kubokni eng ko‘p qo‘lga kiritgan jamoa hisoblangan "Paxtakor" ushbu musobaqada 12-sovrini uchun yurishni chorak finalda davom ettiradi. "Surxon" bilan toshkentliklar 2003 yil kubok bahslarida to‘qnash kelgan. O‘shanda Termizda 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan "Sherlar" Toshkentda ushbu raqibni 7:1 hisobida tor-mor etishgandi. O‘sha mavsumda "Paxtakor" kubokka ega chiqqan.

Avvalgi bosqichda Shota Arveladze "Yashnobod"dan 5:0 hisobida ustun keldi. Termizliklar esa o‘z maydonida "Lokomotiv"ni 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratishdi. Toshkentda "Surxon"ga qarshi oxirgi o‘yin 2004 yil chempionat doirasida bo‘lib o‘tgan. O‘shanda "Paxtakor" 8:0 hisobida g‘alaba qozongan. 15 yildan keyin jamoalar yana poytaxtda to‘qnash kelishadi.

"Paxtakor" va "Surxon" o‘rtasidagi O‘zbekiston Kubogi chorak final o‘yini "Paxtakor" stadionida 22 avgust, payshanba kuni soat 19:00da boshlanadi.

"PAXTAKOR" - "SURXON"

Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Husniddin Shodmonov, Aleksandr Burov, Husan Muzaffarov.
Nazoratchi: Oleg Dachev.
Komissar: Zohirjon Akramxonov.

Manba: Sports.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Paxtakor" - "Surxon". Bu jamoalar 15 yildan so‘ng yana Toshkentda to‘qnash kelishadi