10:14 / 23.08.2019
3 417

Qorasuvdagi musobaqada nimalar bo‘lgandi? (video)

Qorasuvdagi musobaqada nimalar bo‘lgandi? (video)
O‘zbekiston va Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirlari o‘zbek jangchisi qirg‘iz xalqini haqorat qilgan WEF PROFFIGHT musobaqasidagi holatni muhokama qilishgan.

"18 avgust kuni Qirg‘izistonning O‘sh viloyati Qorasuv shahrida “qulatuv” jangi bo‘yicha WEF PROFFIGHT turnirida sodir bo‘lgan voqea yuzasidan internet makonida paydo bo‘lgan videolavhalar va izohlarga e’tibor qaratdik", deyiladi TIV xabarida.

18 avgust kuni o‘zbekistonlik jangchi Nursulton Ro‘ziboyev O‘sh viloyati Qorasuv shahrida o‘tgan qulatuv (qadimgi qirg‘iz harbiy san’atiga asoslangan yakkakurash turi) sport turi bo‘yicha musobaqada qirg‘iz raqibi Oltinbek Ariqboyev bilan jang olib borgan. Videoda tasvirlanishicha, qirg‘izistonlik sportchi taslim bo‘ladi. O‘sha asnoda hakam ham jangni to‘xtatadi.

Nursulton o‘zini g‘olib deb hisoblagach, O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘targan (videoni ko‘ring). Ringdagi hakam bunga yo‘l qo‘ymagan va bayroqni otib yuborgan. Keyinchalik qirg‘iz hakami bu qilig‘i uchun o‘zbek xalqidan uzr so‘rab, videomurojaat yo‘llagan.

Jangdan so‘ng Nursulton Ro‘ziboyev Instagram Stories orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga chiqib, "Bu ifloslar o‘z prezidentini hibsga oldi, ularni o‘zgartirib bo‘lmaydi, (ular) militsiyani bir tiyinga olmaydi", degan.

Ijtimoiy tarmoqdagi qirg‘iz foydalanuvchilar sportchining bu fikrlariga qarshi internetda "bosh ko‘tarishdi". Keyinroq esa Ro‘ziboyev yana bir murojaat yo‘llagan: "Men Qorasuvdagi musobaqa haqida gapirdim, Qirg‘iziston xususida emas. Videoda xuddi Qirg‘iziston haqida gapirganimdek talqin qilishyapti. Qirg‘izistonda aka-ukalarim, tanish sportchilar yashaydi, ular bilan munosabatim yaxshi", degan u.

O‘sh viloyati militsiyasi xabariga ko‘ra, Nursulton Ro‘ziboyev millatlararo nizo chiqarishda gumonlanmoqda. Bu holat bo‘yicha sudgacha ish tergov boshlangan.

Mazkur masala bo‘yicha bugun, 22 avgust kuni Abdulaziz Komilov Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov bilan telefon orqali gaplashgan. Ular ishning barcha jihatlarni birgalikda o‘rganish va ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona aloqalar ruhida vaziyatni hal qilishga kelishishgan.

Manba: Xabar.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Qorasuvdagi musobaqada nimalar bo‘lgandi? (video)