15:00 / 23.08.2019
2 555

Deyan Jurjevich: “Gol urolmagan jamoa gʻalaba qozonolmaydi”

Deyan Jurjevich: “Gol urolmagan jamoa gʻalaba qozonolmaydi”
Coca Cola Oʻzbekiston kubogi chorak finalidan oʻrin olgan “Navbahor” – “Nasaf” klublari oʻrtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Deyan Jurjevich oʻz fikrlarini bildirdi.

Avvalo “Nasaf” jamoasini bugungi gʻalaba va yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritganligi bilan tabriklayman. Oʻyin borasida toʻxtaladigan boʻlsam, bahs juda qiyin kechdi. Shuningdek, yana bir narsani taʼkidlamoqchimanki, gol urolmagan jamoa gʻalaba qozonolmaydi. Bugungi bahsda ushbu ibora oʻz tasdigʻini topdi.

- Mazkur uchrashuvdan oldin “Nasaf” klubining oʻyin uslubini oʻrganganmidingiz?
- Albatta, qarshiliklarning oʻyinlarini tahlil qilib, oʻrganib chiqqandik. “Nasaf”ning tarkibi asosan yoshlardan iborat hamda futbolchilarining tezkorligini, vohaliklar asosan qarshi hujumga tayangan holda toʻp surishlarini oldindan taxmin qilgandik va amalda ham shunday boʻldi. Shogirdlarim qarshiliklarning qarshi hujumlaridan birida bir marta qoʻpol xatoga yoʻl qoʻyib, oʻz darvozalaridan toʻp oʻtkazib yuborishdi hamda ushbu xato qimmatga tushdi.

Mashgʻulotlar davomida yigitlarga qarshi hujumlarda ehtiyot boʻlish lozimligini uqtirgandik va taʼkidlagandik. Afsuski, oʻtkazib yuborilgan toʻpdan soʻng, rejalarimiz oʻzgarib ketdi. Natijada “Nasaf” gʻalaba qozonishga muvaffaq boʻldi.

Manba: pfcnavbahor.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Deyan Jurjevich: “Gol urolmagan jamoa gʻalaba qozonolmaydi”