08:34 / 24.08.2019
3 044

Shohjahon Ergashev meksikalik raqibini 4-raundda nokautga uchratdi

Shohjahon Ergashev meksikalik raqibini 4-raundda nokautga uchratdi
O‘zbekistonlik yengilmas bokschi Shohjahon Ergashev bugun o‘zining profi boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazdi.

Bu safar unga meksikalik Abdiel Ramires (24-4-1) raqiblik qildi. AQShning Oklahoma shtatida kechgan jang yurtdoshimizning to‘liq ustunligida o‘tdi va Ergashev 4-raundda raqibini nokautga uchratishga erishdi.

Shu tariqa Ergashev profi boksdagi 17-g‘alabasiga erishdi. Shularning 15 tasida esa u jangni muddatidan oldin tugatishga erishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shohjahon Ergashev meksikalik raqibini 4-raundda nokautga uchratdi