23:00 / 24.08.2019
2 633

«Real» Neymar uchun «PSJ»ga 120 mln. yevro va ikki nafar o‘yinchisini bermoqchi

«Real» Neymar uchun «PSJ»ga 120 mln. yevro va ikki nafar o‘yinchisini bermoqchi
Foto: «Marca»
Madridning «Real» klubi «Pari Sen-Jermen»ga yangi taklif bilan chiqdi — 120 mln. yevro va ikki nafar o‘yinchisini bermoqchi.
Manbaga ko‘ra, 27 yoshli braziliyalik hujumchi evaziga ikki futbolchi — serbiyalik forvard Luka Yovich hamda kosta-rikalik darvozabon Keylor Navas, shuningdek, 120 mln. yevro taklif etilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 21 yoshli Yovich «Real»ga shu yil yozida 60 mln. yevro evaziga kelib qo‘shilgandi, biroq u Zayniddin Zidanda yaxshi taassurot qoldira olmadi. Tibo Kurtua kelganidan beri zaxirada o‘tirib qolgan 32 yoshli Keylor Navasning o‘zi jamoa rahbariyatidan boshqa jamoaga ketishga ruxsat so‘ragan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Real» Neymar uchun «PSJ»ga 120 mln. yevro va ikki nafar o‘yinchisini bermoqchi