APL. "Liverpul" "Arsenal"ni mag‘lubiyatga uchratdi

  • 24 avgust 2019, 23:32
  • 551
  • Sport
  • APL. "Liverpul" "Arsenal"ni mag‘lubiyatga uchratdi
    Angliya Premer-ligasi 3-turidan o‘rin olgan "Liverpul" hamda "Arsenal" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi.
    "Enfild Roud" stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Joel Matip hamda Muhammal Saloh (dubl) tomonidan kiritilgan gollarga "to‘pchilar" safida Lukas Torreyra bir bor javob qaytardi.

    Shu tariqa, "qizillar" hisobidagi ochkolar soni 9 taga yetdi va jamoa turnir jadvalidagi peshqadamligini davom ettiradigan bo‘ldi. Londonliklar esa 6 ochko bilan 2-pog‘onada qolishdi.

    "Liverpul" - "Arsenal" 3:1
    Gollar:
    Joel Matip (41), Muhammad Saloh (49-P), Muhammad Saloh (59), Lukas Torreyra (85).
    "Liverpul" – Adrian, van Deyk, Aleksander-Arnold, Robertson, Matip, Veynaldum, Fabino, Xenderson, Mane, Firmino, Saloh.
    "Arsenal" – Leno, Monreal, David Luiz, Papastatopulos, Meytlend-Naylz, Gyundozi, Jaka, Sebalos, Uillok, Pepe, Obameyang.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » APL. "Liverpul" "Arsenal"ni mag‘lubiyatga uchratdi